O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan asosiy o‘zgarishlar

Birinchidan, qabul MUDDATI o‘zgardi: • endi oliy ukuv yurtidan keyingi ta’lim tizimiga qabul endi 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha (ilgari 15 oktyabrdan 15 noyabrgacha) bo‘ladi. Ikkinchidan, kunduzgi tayanch doktorantura va doktoranturaga KIRISh uchun talablarga oid o‘zgarishlar: • magistr diplomiga ega bo‘lishi shart; • Ph.d ga talabgor 1 ta ilmiy maqola va ilmiy 2 ta tezis, Doctor of science ga talabgor 3 ta ilmiy 2 ta tezis bo‘lishi shart; • staj bo‘yicha talab nazarda tutilmagan. Ya’ni ikki yillik ilmiy-pedagogik staj talab etilmaydi; • Ph.d ga talabgor faqat mutaxasislik va chet tilidan imtihon topshiradi (ilgari 4 ta fandan topshirilar edi: 1) O‘zbekiston tarixi; 2) Chet tili; 3) ixtisoslik fani bo‘yicha; 4) ilmiy ijod metodologiyasi); • layoqat testini topshirish umuman bekor qilingan. Uchinchidan, MAQOM yuzasidan quyidagi o‘zgarishlar: • qarorga asosan, endi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limda tahsil oluvchilar va OTM, ITMlar o‘rtasida mehnat munosabatlari (mehnat shartnomasi tuzilmaydi) bekor qilingan; • tayanch doktorantura, doktoranturada tahsil oluvchilar maosh emas, stipendiya oladilar. To‘rtinchidan, MAOSh yuzasidan o‘zgarishlar: • tayanch doktoronturada stajer-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy mikdoriga teng stipendiya beriladi; • doktoranturada tahsil oluvchilarga fan nomzodi ilmiy darajasiga ega (ilmiy unvonga ega bo‘lmagan) katta ilmiy ilmiy xodim lavozim maoshiga teng stipendiya to‘lanadi; • Soliq kodeksining 179-moddasi (jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari) ning 23-bandiga asosan qonun xujjatlarida davlat stipendiyalari uchun belgilangan miqdorlarda ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan to‘lanadigan stipendiyalarga soliq solinmaydi. Beshinchidan, FAOLIYAT yuzasidan o‘zgarishlar: • 300 soatlik pedagogik yuklama (haftalik yuklamalar ham) umuman nazarda tutilmagan va bu qo‘shimcha sansalorlikning oldini olishga xizmat qiladi, dissertatsiyaga asosiy e’tiborni qaratishga sabab bo‘ladi. Oltinchidan, MALAKA IMTIHONLARI yuzasidan o‘zgarishlar: • Ph.D tayanch doktoranturada ixtisoslik va chet tili bo‘yicha malaka imtihoni topshiriladi. Ilgari 4 ta edi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi, I.A.Karimov asarlari asosidagi imtihonlar bekor qilindi; • monografiya chop etilish talab etilmaydi; • DSc doktoranturada malaka imtihonlari nazarda tutilmagan, lekin ijtimoiy gumanitar fanlar bo‘yicha monografiya chop etilishi shart. Yettinchidan, MAQOLALAR yuzasidan o‘zgarishlar: • Ph.D tayanch doktoronturada dissertatsiya himoyasiga qadar OAK ilmiy jurnallarida kamida 3 ta (shu jumladan bittasi xorijda); • DSc doktoranturada dissertatsiya x,imoyasiga k,adar OAK ilmiy jurnallarida kamida 10 ta (shu jumladan bittasi xorijda) ilmiy maqolasi chop etilgan bo‘lishi shart.