Yosh olimlar kengashi

Prezidentimiz I.Karimovning kadrlar tayyorlash milliy modeli ta’lim tizimining barcha bosqichlarini modernizatsiya qilish va halq xо‘jaligining barcha sohalari uchun yuqori malakali, ilmiy salohiyatli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yaxshilashni nazarda tutadi. Prezidentimiz tashabbuslari bilan 2012 yilda qabul qilingan qator tarixiy farmonlar va qarorlar uzluksiz ta’limning yuqori bosqichidagi islohotlar uchun huquqiy-meyoriy asos va amaliy dastur sifatida xizmat qilmoqda. Ushbu farmon va qarorlar olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning sifati va amaliy ahamiyatini oshirish, bu borada yoshlarga ijodiy va intellektual salohiyatlarini namoyon etish imkoniyatlarini beradi. Islohotlarning TDPU miqyosidagi ijrosini ta’minlash, jamoada ijodiy muhit yaratish, yoshlarning keng qatlamini ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb etish va pirovardida yuqori malakali, ilmiy salohiyatli qadrlar tayyorlashni yо‘lga qо‘yishning namunaviy mexanizmi sifatida “Yosh olimlar kengashi” tizimi yaratilmoqda.