“Qizlar davrasi” tadbiri bo’lib o’tdi.

8-mart xalqaro-xotin qizlar kuniga bag’ishlab 6- mart kuni “Fizika-matematika fakulteti” 2-kurs talaba qizlari o’rtasida “Qizlar davrasi” tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirni fizika – matematika fakulteti ma’naviy – marifiy ishlar bo’yicha dekan movini Adinayev Sherzod ochib berdi. Fakultet Xotin-qizlar qo’mitasini raisi Mirzahmedova Nargiza tomonidan tadbir shartlari tanishtirib o’tildi. Tadbirda qizlar 4 shart asosida bellshdilar: 1. Tanishuv qismiga 5 minut berildi; 2. Ilmiy savol javob bunga ham 5 minut berildi. 3. Sabzi to’g’ash bunga 7 minut berildi; 4. Erkin mavzu bu shart uchun 10-15 minut berildi; Ishtirokchi talaba qizlarni fakultet professor-o’qituvchilar tomonidan baholanib borildi. Eng yuqori ball 203 qozoq guruhidan ishtirok etgan talaba qizimizga berildi. Ishtirokchilarni hammasi rag’batlantirildi. Tadbirga ota – onalaridan ham tashrif buyurishdi va o’z tabriklarni bildirishdi. Tadbir juda qiziqari va ko’tarinki ruhda o’tkazildi.