"Dilda xotirani imondek saqlang" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi

2017-yil 6-may kuni Fizika-matematika fakultetida "Dilda xotirani imondek saqlang" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi

Fizika-matematika fakultetida 2017 yil 6 may kuni "Dilda xotirani imondek saqlang" deb nomlangan 9-may "Xotira va qadrlash kuni" ga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirada fakultetning barcha talabalari faol ishtirok etdilar. Xozirgi kunda qarilik gashtini surayotgan faxriy ustozlar va shu bilan birgalikda fakultetda faoliyat yuritayotgan 32 nafar professor-o'qituvchilar tadbirga mehmon sifatida taklif etildi. Tadbirda so'zga chiqqan professorlar M.Madirimov, M.Mamadazimov, O'.Toshmetov, A.Abduqodirov, A.Musurmanovlar o'zlarining ko'p yillik tajribalaridan kelib chiqib xozirgi tinch-osuda xayotimizning naqadar bebaholigini, yoshlarga yaratilayotgan sharoitlarning kengligini ta'kidlashdi. Talaba yoshlarni o'tib ketgan ustozlarning amalga oshirgan ishlari bilan xam tanishtirishib, ilm yo'lida tinmasdan mexnat qilishlarini aytib o'tdilar. Talabalar xam ustozlarga o'z tilaklarini bildirishdi. Tadbir davomida "Xotira va qadrlash kuni" ga bag'ishlangan saxna ko'rinishlari, videoroliklar namoyish etildi. Tadbirda kafedra mudirlari (B.Nurillayev, D.Davletov, R.Turgunboyev, S.Tursunov) ishtirok etib yig'ilganlar o'z tilaklarini bildirishdi. Fakultetning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari E.Xujanov boshchiligida mehmonlarga sovg'alar topshirildi. Professor M.Mamadazimov o'z so'zida yosh avlodimizning naqadar intiluvchan ekanligini e'tirof etib, ustozlarning xayot yo'lini o'rganayotganliklari uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi. M.Madirimov kelgan mehmonlarni barchasiga tashakkur bildirib, dastur yakunida estalik suratlarga tushishni taklif etdi va talabalar xam xursand bo'lib ustozlar bilan suratga tushdilar. O'tkazilgan tadbir barcha yig'ilganlarga manzur bo'ldi! Talabalar olam-olam tassurotlar bilan ketdilar.