Toshkent ixtisoslashgan xotin qizlar kollejida amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatildi

Nizomiy nomidagi TDPU Kasb ta’limi fakulteti professor o‘qituvchilari tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

26.05.2017 yilda Toshkent ixtisoslashgan xotin qizlar kollejida Nizomiy nomidagi TDPU Kasb ta’limi fakulteti professor o‘qituvchilari tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi. Toshkent ixtisoslashgan xotin qizlar kolleji o‘quvchilarini kasb tanlashga yo‘naltirish ishlari.Ushbu masala yuzasidan dos G. Anorqulova, p.f.n., dos.S.Boltaboev, O.Avazboev A.Umarov, N.Tursunboev, B.Axmadaliev, D.Zuparova, F.Umarova, G.Sharipova, K.Mamatkarimov, J.Xamidov, A.Ashirboevlar bitiruvchi kurs o‘quvchilariga Universitet, fakultet bakalavriat ta’lim o‘nalishlari xaqida ma’lumot berdilar. Bakalavriat yo‘nalishlari va o‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi tayyorlov yo‘nalishlari bilan qiyosiy tahlil qilish, ta’lim tizimida uzviylik va uzliksizlikni ta’minlash va kasb tanlashga yo‘naltirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi. Toshkent ixtisoslashgan xotin qizlar kolleji o‘qituvchilarining ta’lim jarayoniga innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga oid tajriba almashuv.Toshkent ixtisoslashgan xotin qizlar kolleji pedagog kadrlari, professor-o‘qituvchilari uchun kasb ta’limi metodikasi kafedrasi dotsenti G.Anorqulova “O‘qituvchining innnovatsion faoliyati” mavzusida seminar-trening tashkil etib berdi. Treningda kollej o‘qituvchilariga faol ta’lim metodlari va ta’limning didaktik vositalaridan samarali foydalanish metodikasiga oid munozaralar olib borildi. Seminarga Nizomiy nomidagi TDPU “Tarix” fakulteti dotsenti N.Saydalixodjaeva taklif etildi. Seminarda o‘tkazilgan qizg‘in baxs-munozaralar kollej o‘qituvchilarida hamkorlik ishlarini uzviy ravishda olib borish lozimligi haqidagi fikrlari bilan quvvatlandi.