“Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik –barqarorlik omili”

14 sentyabr 2017 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi, “O‘zbekiston – Ozarbayjon” va “O‘zbekiston – Gruziya” do‘stlik jamiyatlari hamkorligida o‘tkazilayotgan “Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik –barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlari bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi vakillari, “O‘zbekiston - Ozarbayjon” va “O‘zbekiston – Gruziya” do‘stlik jamiyati a’zolari, Diplomatik korpus vakillari, Nizomiy nomidagi TDPU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Tadbirni Nizomiy nomidagi TDPU ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori B.S.Abdullayeva ochib berdi. “Rus adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri U.Matenova, “O‘zbekiston-Gruziya” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori X.Nazarov, Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti, t.f.n. A.Sobirov, “O‘zbekiston-Gruziya” do‘stlik jamiyati raisi o‘rinbosari S.Abdullayeva, Respublika Fanlar Akademiyasi t.f.n. R.Nazarovlar so‘zga chikib, Millatlararo totuvlik, barqarorlik va taraqqiyot uchun yurtimizda olib borilgan va olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdilar va kelajakda bu ishlar davom etishiga umid bildirishdi. Ommaviy axborot vositalari tamonidan tadbir butun Respublikaga yoritib borildi. Tadbirni talabalar ijodiy chiqishi yakunlab berdi va mexmonlar birgalikda esdalik uchun rasmga tushishdi