Koreya Respublikasiga tashrif

2017 yilning 17-22 sentyabr kunlari Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya hizmat safari bilan Koreya Respublikasining Gonjou Pedagogika universiteti, Dongduk xotin-qizlar universiteti, Gonjou Davlat ta’lim universitetlariga tashrif buyurdilar

Universitet professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiyada universitet ilmiy ishlari bo‘yicha prorektor p.f.d B.S.Abdullayeva, professor B.S. Li, Musiqiy ta’lim kafedrasi dotsenti D.Q.Qodirov, magistr D.Abdullayevlar xizmat safarida ishtirok etdilar. Safarning birinchi kuni yurtdoshlarimiz Dongduk xotin-qizlar universiteti jamoasi mehmoni bo‘lishdi. Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi haqida kelishuvlar imzolandi. Koreya tomonidan universitet rektori TDPU da koreys tilidan mutaxassislar bilan ta’minlab berishi mumkinligi haqida gapirib, O‘zbekiston tomonidan professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish zarurligini aytib o‘tdi. Safarning ikkinchi kuni delegatsiya a’zolari Gonjou Pedagogika universitetiga tashrif buyurdilar.Mehmonlarni universitet rektori va universitet ma’muriyati kutib oldilar. Universitet mehmonlari uchun tayyorlangan dasthatlar kitobiga B.S.Abdullayeva minnatdorchilik va o‘z tilaklarini yozib qo‘ydi. Universitet rektori huzurida mehmonlar bilan davra suhbati uyushtirildi. Delegatsiya a’zosi dotsent D.Q.Qodirov davra qatnashchilari va mezbonlar uchun O‘zbek musiqasi durdonalaridan maqom qo‘shiqlari, xalq qo‘shiqlari, cholg‘u kuylari va koreys xalq qo‘shiqlaridan namunalar ijro etib berdi. Tadbir yakunida universitet rektoriga o‘zbek milliy chopon hadya etildi. Kun yakuniga yetishiga qaramasdan mehmonlar Musiqa fakultetidagi o‘quv jarayoni bilan tanishishga taklif qilindi. Auditoriyalarda musiqa mashg‘ulotlari uchun yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishib o‘tildi. O‘zbekiston delegatsiyasining hizmat safari yuzasidan tashrifi samarali va maroqli o‘tdi. Mehmonlar 22 sentyabr kuni Toshkentga qaytib keldilar