“Ustoz maktabi. Ta’rif va tavsif” mavzusida ochiq o'tkazildi

2017-yil 29-sentabr kuni soat 12:20 da Fizika-matеmatika fakultеti “Matеmatika o‘qitish mеtodikasi” yo‘nalishi 104-(R) guruhida o‘zbеk tili fanidan “Ustoz maktabi. Ta’rif va tavsif” mavzusida dotsеnt Saodat Adilovaning ochiq darsi o‘tkazildi

2017-yil 29-sentabr kuni soat 12:20 da Fizika-matеmatika fakultеti “Matеmatika o‘qitish mеtodikasi” yo‘nalishi 104-(R) guruhida o‘zbеk tili fanidan “Ustoz maktabi. Ta’rif va tavsif” mavzusida dotsеnt Saodat Adilovaning ochiq darsi o‘tkazildi. Ochiq dars Fizika-matеmatika fakultеti binosidagi 4-09-auditoriyada bo‘lib o‘tdi. Kafedra mudiri Sh.Rahimova so‘zga chiqib, p.f.n., dos. S.Adilova tomonidan 2017 yil 29 sentyabr kuni 3-juftlikda “Matematika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 104-guruhda 4-09-xonada o‘zbek tili fanidan “Ustoz maktabi. Ta’rif va tavsif” mavzusida ochiq dars o‘tkazilgani haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, darsni Tillar va nutq madaniyati kafedrasining katta o‘qituvchilari D.Dadajonova, Sh.Qurbonova, S.Turlanova, o‘qituvchilar Sh.Hayitmurodova, D.Egamberdiyeva hamda TDO‘TAU dotsenti N.Sayidirahimovalar kuzatganini aytdi. Kuzatuvchilar tomonidan berilgan tahlillarga ko‘ra dars quyidagicha olib borilgan: Dars ilmiy-metodik jihatdan talablarga mos tarzda olib borildi. Amaliy mashg‘ulot mavzusiga oid ko‘rgazmali qurollar (taqdimot, tarqatma materiallar) mavjud. Darsning tashkiliy qismi o‘tkazilib, avval o‘tilgan mavzular tarqatmadagi chizma, og‘zaki so‘rov, musobaqa kabilar yordamida takrorlandi, uy ishi tekshirildi, talabalarning fanni o‘zlashtirish darajasi aniqlandi, bilim va ko‘nikmalar baholandi. Yangi mavzu “Aqliy hujum”, “Birgalikda o‘qiymiz” va slaydlar yordamida tushuntirildi. Ta’rif va tavsif qo‘llanadigan birliklar, tilning tasviriy vositalari, tasviriy ifodalar bir qator misollar asosida tahlil qilindi. Taklif va mulohazalar: bir talaba fikr bildirayotganida, boshqalarning tinglash madaniyatiga rioya qilishi nazorat qilinishi maqsadga muvofiq. Sh.Qurbonova, S.Turlanova darsni 7,9 ball bilan, Sh.Hayitmurodova, D.Egamberdiyeva – 7,9 ball, N.Sayidirahimova esa 7,8 ball bilan baholagani ta’kidlandi hamda S.Adilovaning ochiq darsi ijobiy baholandi, namunali ochiq dars sifatida e’tirof etildi. Majlis qatnashchilari so‘zga chiqqanlarning ma’lumotini tinglagach, yuqorida bildirilgan fikrni qo‘llab-quvvatladilar