“Musiqa va raqs san’atining “Ipak yo‘li” davlatlarida tutgan o‘rni va taraqqiyoti”ga bag‘ishlangan 5-Xalqaro simpozium

2017 yil 6-13 oktyabr kunlari Xitoy davlatining Sian shahrida “Musiqa san’ati va raqs san’atining “Ipak yo‘li” davlatlarida tutgan o‘rni va taraqqiyoti”ga bag‘ishlangan 5-Xalqaro simpoziumining 1 konferensiyasi o‘tkazildi

2017 yil 6-13 oktyabr kunlari Xitoy davlatining Sian shahrida “Musiqa san’ati va raqs san’atining “Ipak yo‘li” davlatlarida tutgan o‘rni va taraqqiyoti”ga bag‘ishlangan 5-Xalqaro simpoziumining 1 konferensiyasi o‘tkazildi. Ushbu xalqaro tadbirda O‘zbekiston davlatidan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetidan bir guruh professor-o‘qituvchi lar ( delegatsiya rahbari R.G.Isyanov, ijodiy jamoa rahbari D.Qodirov, izlanuvchi-tadqiqotchi N.I.Rejametova, tarjimon-N.Qodirova) va musiqa yo‘nalishi 4 bosqich talabalari (S.Alimov-doyra, M.Burhonova-qo‘shiq va raqs san’ati ijrochiligi bo‘yicha) ishtirok etdilar Tashrifdan maqsad, “Musiqa san’ati va raqs san’atining “Ipak yo‘li” davlatlarida tutgan o‘rni va taraqqiyoti”ga bag‘ishlangan xalqaro simpoziumda ilmiy ma’ruzalar bilan bilan ishtirok etish hamda ishtirokchi davlatlar o‘rtasida musiqa va raqs san’ati ijrochiligi bo‘yicha ko‘rik-tanlovda amaliy ijro namunalarini namoyish etish vazifalari yuklangan edi. Safar qatnashchilari Xitoy tomonidan katta iltifot va hurmat ko‘rsatib kutib olindi va shahar markazida joylashgan jahon standartlariga mos “Yudian” mehmonhonasiga joylashtirildi. O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari R.G.Isyanov ushbu tadbir ishtirokchilarini tabriklab, universitet rektoriga qadrli sovg‘a-milliy choponni kiygazdi. Ushbu konsert dasturida ansambl ishtirokchisi Mohinur Burhonova tanlov g‘olibi deb topilib, 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab Sian universiteti magistraturasiga stipendiant sifatida o‘qishga qabul qilindi. Dasta badiiy rahbari Davron Qodirovga “Eng yaxshi badiiy rahbar” diplomi, Nilufar Rejametovaga va Sanjar Alimovga “Mohir ijrochi” nominatsiyalari diplomlari taqdim etildi.” Nizomiy nomidagi TDPU izlanuvchi-doktoranti N.Rejametova ushbu konferensiyada o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Anjumanning yakunlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda tashkilotchilar tomonidan barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alar topshirildi va barcha ishtirokchilarga Xitoy mamlakati rahbariyatining minnatdorchiligini bildirdi. Anjuman 12 oktyabr kuni o‘z ishini yakunladi