MO va QT tamroq markazi tinglovchilari “Musiqiy ta’lim” kafedrasida 2017 yilning 21 oktyabridan malaka amaliyotini o‘tamoqdalar

Tinglovchilarning malaka amaliyotiga kafedra mudiri, san’atshunoslik fanlari nomzodi Q.B.Panjiyev rahbarlik qilmoqda

O‘zDSMI huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikdagi shartnomaga muvofiq Tarmoq markazi direktorining 2017 yil 2 oktyabrdagi 46-U-sonli buyrug‘iga asosan 10 nafar MO va QT tamroq markazi tinglovchilari “Musiqiy ta’lim” kafedrasida 2017 yilning 21 oktyabridan malaka amaliyotini o‘tamoqdalar. Tinglovchilarning malaka amaliyotiga kafedra mudiri, san’atshunoslik fanlari nomzodi Q.B.Panjiyev rahbarlik qilmoqda. 2017 yil 21 oktyabr kuni tinglovchilar malaka amaliyot o‘tashlari uchun zarur bo‘lgan sharoit va vositalar bilan tanishdilar va ularga zaruriy tavsiyalar berildi. 2017 yil 23 oktyabridan malaka amaliyoti doirasda shaxsiy ish rejalarni ishlab chiqish, o‘rnatildgan tartibda tasdiqlatish, kundalik yozish va ochiq darslar o‘tish, universitet ARMlaridan foydalanish kabi ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmoqdalar. O‘zDSMI huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi Monitoring va nazorat bo‘limi boshlig‘i Y.Ro‘ziyev 2017 yil 23 oktyabr kuni tinglovchilar uchun universitetda yaratilgan shart-sharoitlar va bu borada olib borilayotgan ishlar yuzasidan yaqindan tanishdi