Phd doktori Silvayn Roy talabalarga dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda

Fransiyalik olim Nonter de Parij №10 universiteti Phd doktori Silvayn Roy “Musiqa ta’limi” ta’lim yo‘nalishi talabalariga dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda

Fransiyalik olim Nonter de Parij №10 universiteti Phd doktori Silvayn Roy 2017 yil 1-10 noyabr kunlari “Musiqa ta’limi” kafedrasi “5111100-Musiqa ta’limi” ta’lim yo‘nalishi bakalavriat bosqichi MT-101 hamda MT-201-guruh talabalariga “Cholg‘u ijrochiligi va ansambli” fanidan 6 soat o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun taklif etilgan. Silvayn Roy 2017 yil 24 oktyabr kuni 2017 yil 1 noyabr kuni 3-juftlikda “Musiqa ta’limi” ta’lim yo‘nalishi MT-101-guruh, 8 noyabr kuni 1-juftlikda MT-202-guruh talabalariga “5111100-Musiqa ta’limi” ta’lim yo‘nalishi bakalavriat bosqichi talabalariga “Cholg‘u ijrochiligi va ansambli” fanidan “Sharob” hamda tojik xalq kuylaridan “Umid” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlarini olib bordi. Ingliz tilida bo‘lib o‘tgan ushbu dars mashg‘ulotlarini o‘zbek tilida o‘girib, tarjimonlik qilishda MT-101-guruh talabasi, Ielts sertifikatiga ega Malikabonu Anvarova hamda MT-201-guruh talabasi Malika Muxiddinovalar o‘zlarinng chet tilini mukamal bilishlarini ko‘rsatdilar