XITOY BILAN HAMKORLIK YANGI DARAJAGA KO'TARILDI

Shansi pedagogika universiteti Toshkent davlat pedagogika universitet delegatsiyasini 2017 yil 2-4 noyabr kunlari bo`lib o`tadigan shartnomalarni rasmiy imzolash marosimiga taklif qildi

Shansi pedagogika universiteti Toshkent davlat pedagogika universitet delegatsiyasini 2017 yil 2-4 noyabr kunlari bo`lib o`tadigan: “Buyuk ipak” yo`li o`qituvchilarini tayyorlash to’g’risida, “Buyuk ipak” Ijtimoiy va gumanitar fanlar birlashmasi bilan hamkorlik va hamkorlik to'g'risida, "Buyuk ipak yo'li" kutubxonalari, nashriyotlar va arxivlar uyushmasini hamkorlikda tashkil etish to'g'risidagi shartnomalarni rasmiy imzolash marosimiga taklif qildi. Marosimda qatnashish uchun universitet rektor Sh.S.Sharipov, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i G.Egamberdiyeva, O’quv-metodik boshqarma boshlig`i A.Xo’jayev, O’qituvchilar malakasini oshirish instituti direktori N.Muslimov va Umumuniversitet fanlari kafedrasi mudirasi Sh.Raximovadan iborat delegatsiya tashkil etildi. Safar natijasida “Buyuk ipak” yo`li o`qituvchilarini tayyorlash to’g’risida, “Buyuk ipak” Ijtimoiy va gumanitar fanlar birlashmasi bilan hamkorlik va hamkorlik to'g'risida, "Buyuk ipak yo'li" kutubxonalari, nashriyotlar va arxivlar uyushmasini hamkorlikda tashkil etish to'g'risidagi shartnomalar imzolandi. Undan tashqari ikki davlat orasidagi talaba almashinuvi, o`qituvchilar malakasini oshirish, Xalqaro konferensiyalar tashkillashtirishga kelishib olindi. TDPU delegatsiyasi 2017 yil 8 noyabrda Toshkent Xalqaro aeraportiga qaytib keldi