mirishkor.uz sayti yaratildi

Fizika-matematika fakulteti Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 301-guruh talabasi Odil Yoqubov tomonidan mirishkor.uz sayti yaratildi

Fizika-matematika fakulteti Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 301-guruh talabasi Odil Yoqubov tomonidan qishloq xo’jaligining bog’dorchilik va dehqonchilik sohalarini yanada rivojlantirish bo`yicha mirishkor.uz sayti yaratildi. U orqali qishloq xo’jaligi ekinlarini parvarish qilish borasida ma’lumot beradi. Tarmoq bir necha sahifalarni o’z ichiga oladi. Foydali maslaxatlar ruknida mevali darxtlarni bir yilda necha marta profilaktika qilish to’g’risida, mevalarni necha xil navidan tortib to qishki ma’vsumda qanday saqlanishigacha ma’lumotlar keltirilgan. Saytda foydali maslaxatlar, bog’dorchilik, dehqonchilik, yangiliklar kabi rukunlar mavjud bo’lib ulardan fermerlar o’zlari uchun zarur bo’lgan savollariga javob olishi mumkin. Sohaga qiziquvchilar ushbu saytdan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin