Rossiya bilan hamkorlik yanada rivojlanmoqda

“Rus tili va adabiyoti kursi” mavzusida seminar o’tkazildi

2017 yilning 6 – 10 noyabr kunlari Nizomiy nomidagi TDPUda universitet Xalqaro aloqalar bo’limi, “Psixologiya” kafedrasi mudiri N.G.Kamilova va Rus Hamkorlik markazi bilan birgalikda “MDH davlatlarida rus tilida o‘qitiladigan ta`lim muassasalaridagi maxsus ta`limni talab qiladigan bolalarga ta`lim-tarbiya berishda oila bilan hamkorlikda psixologik-pedagogik ishni tashkil etish va amalga oshirish” dasturi asosida psixolog-pedagog kadrlar malaksini oshirishga qaratilgan seminar-treningi tashkil etildi. Tadbirda Moskva shahar pedagogika universiteti “Logopediya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, p.f.n. logoped-Pakrovskaya Yuliya Aleksandrovna 6-7-noyabr kunlari maxsus e`tibor talab etadigan bolalarga ta`lim-tarbiya berishga e`tiborni qaratdi va rivojlanishda nuqsoni bor bolalar bilan ishlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirdi, “Oligofrenopedagogika va maxsus pedagogikaning klinik asosi” kafedrasi p.f.n. dotsenti Afanaseva Yuliya Anatolevnalar 8-10 noyabr kunlari rivojlanishda orqada qolgan va nuqsoni bor bolalar bilan ishlashga tavsiyalar berdi. 8 noyabr kuni universitet Xalqaro aloqalar bo`limi va Rus adabiyotini o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri Y.U.Matenova, Rus Hamkorlik markazi va Sankt-Peterburg tashqi aloqalar komiteti bilan hamkorlikda Sankt-Peterburg diplomdan keyingi pedagogik ta’lim akademiyasi katta o’qituvchisi Gvozdinskaya Lyudmila Ginadevna boshchiligida “Rus tili va adabiyoti kursi” mavzusida seminar o’tkazildi. 10 noyabr kuni Ural davlat ekonomika universiteti psixologiya fanlari nomzodi, dotsent va biznes-trener Vozmilov Ivan Dmitriyevich ishtirokida “Professional faoliyatda omadga erishish” mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi. Universitet Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i G.Egamberdiyeva va “Psixologiya” kafedrasi mudiri N.G.Kamilova tamonidan mexmonga sovg’alar topshirildi va minnardorchilik bildirildi. Barcha seminar-treninglardan faol qatnashgan professor-o’qituvchilarga guvohnomalar topshirildi. Universitet raxbariyati seminar-treninglarni tashkillashtirishdagi yordamlari uchun Rus Hamkorlik rahbariyati Z.S.Xosilovaga, “Psixologiya” kafedrasi mudiri N.G.Kamilova, Rus adabiyotini o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri Y.U.Matenova va Xalqaro aloqalar bo’limi metodisti Q.M.Mirzayevga minnatdorchilik bildirdi