“OLIY TA’LIM SOHASIDA INGLIZ TILINING BOLONIYA JARAYONI DOIRASIDAGI O`RNI”

UNIVERSITETDA CHET ELLIK EKSPERTLAR BILAN “OLIY TA’LIM SOHASIDA INGLIZ TILINING BOLONIYA JARAYONI DOIRASIDAGI O`RNI” MAVZUSIDA SEMINAR-TREYNING

Toshkent davlat pedagogika universiteti Xalqaro aloqalar bo`limi, Ingliz tili nazariyasi va o’qitish metodikasi kafedrasi va Erasmus+ bilan hamkorlikda 2017 yil 19 oktyabrda Avstriyadagi Graz Universiteti ingliz tili va adabiyoti professori Siglinde Stay bilan “Oliy ta’lim sohasida ingliz tilining Boloniya jarayoni doirasidagi o`rni” va 2017 yil 13 noyabr kuni Belgiyaning Genti universiteti professori Lucien Bollaert bilan “O'zbekiston oliy ta'lim tizimida malaka oshirishning vositalari va yondashuvlari” doir seminar-treyninglar o’tkazildi. Seminar-treyninglarda O’zDJTU, Jizzax DPI, TDPU qoshidagi AL va Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi va boshqa tashkilotlardan ko’plab professor-o’qituvchilar Boloniya jarayoni tarixi va uning rivojlanishi, Avstriya ta’lim tizimining Boloniya jarayonidan oldin va keying holati va ta’lim sohasida ingliz tilining Boloniya jarayoni doirasidagi o’rni haqida ma’lumotlar olishdi