Universitetda YUNISEFning O'zbekistondagi ta'lim departamenti vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2017 yil 20 noyabr kuni universitetda YUNISEFning O'zbekistondagi ta'lim departamenti vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2017 yil 20 noyabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Maktabgacha ta'lim metodikasi”, “Boshlang'ich ta'lim metodikasi”, “Maxsus ta'lim” kafedralari o'qituvchilar, YUNISEFning O'zbekistondagi ta'lim departamenti vakili Yuliya Narolskaya va Ta'lim bo'yicha Latviyalik xalqaro ekspert Sokol Aleksandr. Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi: 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish va Maktabgacha ta'lim vazirligini tuzish to'g'risidagi qarori asosida maktabgacha ta'lim muassasalari o'qituvchilari malakasini oshirish va o'qitish jarayonini tashkil etishning xususiyatlari, maktabgacha ta'lim sohasidagi o'zgarishlar muhokama qilindi. 2. Davlat ta'lim standartlari o'zgarishi bilan bog'liq ravishda Pedagogika Universitetining Maktabgacha ta’limning ta’lim dasturlari mazmunining o'zgartirishi. 3. O'zbekistonda o'qituvchining maxsus fanlarni o'qitish kurslari davomidagi muammolar tahlili va unga qanday yordam kerak. "Maktabgacha ta'lim metodikasi", "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" va "Maxsus ta'lim" kafedralari o’qituvchilari Latviyada maktabgacha yoshdagi bolalarning erta rivojlanishining xalqaro tan olingan asosiy yo'nalishlari haqida qisqacha ma’lumotga, O'zbekiston Respublikasining maktabgacha ta'lim bo'yicha davlat talablari hujjatini maktabgacha ta'limga nisbatan vakolatlilik nuqtai nazaridan tahlili va bolaning maktabga tayyor bo'lishiga hissa qo'shadigan ta'lim faoliyatining asosiy jihatlarini aniqlab oldilar. Yig'ilish qatnashchilari ta'lim dasturini ishlab chiqish va sinovdan o'tkazishning keyingi jarayoniga kelishdilar