Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz, farovonligimiz kafolati

2017 yil 06 dekayabr kuni O‘zbek Milliy akademik drama teatrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 25 yilligiga “Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz, farovonligimiz kafolati” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan rahbar xodimlar konstitutsiyaning hayotimizdagi o‘rni va mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdilar. Kasaba uyushmasining 5 nafar faol a’zolari O‘zbekiston Prezidentining Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 25 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganligini faxr bilan bildirdilar. Shuningdek, bir qator kasaba uyushmasi a’zolari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir Milliy teatr jamoasining “Qirmizi olma” nomli spektakli namoyishi bilan yakunlandi.