Qozog`iston-O`zbekiston aloqalari ta’lim sohasida mustahkamlanmoqda

Qozog`iston-O`zbekiston aloqalari ta’lim sohasida mustahkamlanmoqda

2017-yil 7-dekabr kuni Toshkent davlat pedagogika universitetida Janubiy-qozog`iston pedagogika universiteti xalqaro aloqalar bo`limi boshlig`I Rikhsibay Mamedov va universitet xalqaro aloqalar bo`limi boshlig` I.G.Egamberdiyevalar o`rtasida ikki universitet o`rtasida hamkorlik masalalari bo`yicha uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuv davomida ikki davlat o`rtasidagi qo`lga kiritilgan yutuqlar va bu yutuqlarni ta`lim sohasida rivojlantirish bo`yicha fikr almashildi. R.Mamedov Janubiy-qozog`iston pedagogika universitetining talaba, o`qituvchi almashuvi bo`yicha va qisqa muddatli Qozog`iston talabalining Toshkentga kelib o`qishlari yuzasidan ishlar rivojlanishiga ishonch bildirdi va Qozog`istonga jo`nab ketdi