Pusan universiteti professorlari tashrifi

“Korea va O‘zbekiston ta’limi tizimdagi asosiy masalalar”

2017-yilning 7-dekabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Pusan Milliy universiteti (Janubiy Korea) o‘rtasida “Korea va O‘zbekiston ta’limi tizimdagi asosiy masalalar” (Main issues in Science Education In Korea and Uzbekistan) mavzusida o‘tkazilgan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar boshlanishida fakultet dekani prof. Q.A.Saparov Pusan Milliy universiteti professorlarini xalqaro seminar o‘tkazilishi bilan qutladi va ularga samimiy minnatdorchilik bildirdi. Pusan Milliy universiteti professori Y.M.Kim (, Korea) “Korea ta’lim tizimi” (“Science education in Korea”), prof. Xae-Ae Seo (Pusan milliy universiteti, Korea) “Koreada STEAM ta’limi” (“STEAM education in Korea”) nomli mavzular bilan qatnashdi. Seminar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti malaka oshirish markazi, Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida o‘tkazildi. Seminardan keyin Janubiy Korealik olimlar biologiya ta’lim yo‘nalishi 101-guruh talabalari va 101-guruh geografiya ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan biologiyaning so‘nggi yutuqlari to‘g‘risida “Master klass”lar olib bordilar