“LOTIN YOZUVIGA O`TISHNING AFZAL TARAFLARI”

“LOTIN YOZUVIGA O`TISHNING AFZAL TARAFLARI” MAVZUSIDAGI DAVRA SUHBATI

2017-yil 12-dekabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang`ich ta`lim fakultetida Qozog`iston Respublikasi falsafa, siyosatshunoslik va dinshunoslik institutining 4 kishidan iborat delegatsiyasi “Lotin yozuviga o`tishning afzal taraflari” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi. Davra suhbatini universitet o`quv ishlari bo`yicha prorektori D.Ergashev ochib berdi. Delegatsiya rahbari R.Q.Qodirov, Qozog`iston Respublikasi elchisining birinchi sekretari G.C.Almenev, institutning katta ilmiy hodimlar: M.Y.Smagulov va A.D.Meyrmonovlar O`zbekiston Respublikasining lotin yozuviga o`tish davri tarixi, qanday qiyinchiliklarga duch kelindi va afzallik taraflari haqida o`zini qiziqtirgan savollarini universitetning Boshlang`ich ta`lim metodikasi kafedrasi o`qituvchilari M.A.Xamrayev, D.T.Aytbayev, I.I.Rejametova va M.E.Jumayevlarga berishdi. Universitet o`qituvchilari o`z navbatida Lotin yozuvining yurtimizda tutgan o`rni, afzallik tomonlari haqida so`zlab berishdi. Qozog`iston Respublikasidan kelgan mexmonlar davra suhbati oxirida o`zini qiziqtirgan savollarga javob olganliklarini, xalqimizning mexmondo`stligi va iliq qabul uchun universitet rahbariyatiga o`z minnatdorchiligini bilidirishdi va o`z navbatida Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ishi fakulteti dekani A.Akromov va universitet Xalqaro aloqalar bo`limi boshlig`i G.Egamberdiyeva mexmonlarga tashrif uchun samimiy minnatdorchilik bildirishdi