Kongju davlat universiteti bilan hamkorlik rivojlanmoqda

2017-yil 13-dekabr kuni ikki universitet o`rtasida hamkorlik masalalari bo`yicha uchrashuv bo`lib o`tdi

2017-yil 13-dekabr kuni Toshkent davlat pedagogika universitetida Kongju davlat universiteti vakili bilan Kong Yun Ki va universitet xalqaro aloqalar bo`limi boshlig`i G.Egamberdiyevalar o`rtasida ikki universitet o`rtasida hamkorlik masalalari bo`yicha uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuv davomida ikki universitet o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish ya’ni o’qituvchi va talaba almashinuvuga e’tibor qaratildi. Kongju universiteti vakili bizding talabalarni Koreya Respublikasida taxsil olishida amaliy yordam berishini ta’kidlab o’tdi. Hamkorlik aloqalari davomida talabalarning magistratura va doktoranturada o`qishlari mumkinligi ta’kidlandi. O’sha kunning o’zida Kong Yun Ki Koreya Respublikasiga jo`nab ketdi