KOICA markazi yangi direktori bilan uchrashuv

2017-yil 29-dekabr sanasida KOICA markazi yangi direktori bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2017-yil 29-dekabr sanasida Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Sh.S.Sharipov va Koreya Respublikasining Toshkentdagi xalqaro aloqalar agentligining KOICA markazi direktori Son Song IL , loyiha koordinatori Kim Xyonjong va markaz hodimi A.Shomirzayev o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvdan maqsad KOICA volonterlarining faoliyati va vazifalarining bajarilishini o`rganib chiqish va yangi vazifasiga tayinlangan markaz direktori Son Song IL bilan yaqindan tanishish bo`ldi. Bundan tashqari KOICA markazining yangi direktori universitet “Maktabgacha ta`lim” ta`lim yo`nalishiga volonterlar jayb qilish, ta`lim sifani oshirish, o`qituvchilarimiz malakasini oshirish va xorijiy kitoblar bilan ta`minlashda amaliy yordam berishga va`da berdi. Uchrashuv so`ngida yangi yil bayrami va ta`nishuv munosabati bilan ikki taraf o`zaro esdalik sovg`alar bilan almashishdi