PUCHAN UNIVERSITETI PROFFESSORI ISHTIROKIDA SEMINAR-TRENING

Puchan universiteti professori ishtirokida seminar-trening bo'lib o'tdi

2017 yil 9-sentabrdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PP-3261-sonli qarori asosida Koreya Respublikasining Puchon universiteti professori ishtirokida TDPU qoshida ochilgan maktabgacha ta'lim muassasalari o'qituvchilari malakasini oshirish kurslari ishtirokchilari uchun "Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari ongini rivojlantirish" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida professor Yang Hyosook sinfdagi maktabgacha ta'lim muassasalari o'qituvchilari uchun yangi texnologiyalar va metodlarni namoyish etdi. Uchrashuvdan so'ng, vazir o'rinbosari U. Begimqulov va universitet rektori Sh.Sharipov mehmonga qiziqarli seminar uchun minnatdorchilik bildirdi