Qadimiy shahar Samarqandga sayoxat

Qadimiy shahar Samarqandga sayoxat

Fizika-matematika fakultetining “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari N.S.Xaytullayeva, Sh.A.Sattarova, S.Vibornov hamda Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi 201-202 rus guruhi talabalari Sharqu g‘arbni yoritgan shahar, respublikamizning iftihori hisoblangan, tarixiy obidalari qad rostlagan Samarqand shahriga tashrif buyurishdi. O‘z o‘rtoqlari bilan sayoxat taa’surotlarini o‘rtoqlashar ekan: “Biz ko‘hna Samarqand shahrining tarixiy obidalarini ziyorat qilish chog‘ida ma’naviy va ruhiy kuch oldik”, - deydi talabalar