“Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz”

“O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati tomonidan Amir Temur tavalludining 682 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida davra suhbati o'tkazildi

“O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyatining 2018 yilgi rejasiga binoan, joriy yilning 13 aprel kuni Nizomiy nomidagi TDPU anjumanlar zalida, Amir Temur tavalludining 682 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusidagi¬ davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi xodimlari, “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati a’zolari, O‘zbekistondagi H.Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi vakillari hamda Nizomiy nomidagi TDPU professor-o‘qituvchi va talaba¬lari ishtirok etdilar. Davra suxbatida Amir Temurning turkiy xalqalar tarixida tutgan o‘rni, buyuk sarkardalik fazilatlari, bunyodkorlik ishlari hamda o‘zbek va ozarbayjon xalqlarining xayotida munosib iz qoldirganligi haqida, O‘zbekistondagi H.Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov o‘z chiqishiga batafsil gapirib o‘rdi. Shunindek, “Temuriylar davrining jahon madaniyatida tutgan o‘rni” mavzusida Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti, t.f.n. O.Raxmatullayeva, “Temur tuzuklarida yuksak ahloq masalasi” mavzusida “O‘zbekis¬ton-Ozarbayjon” do‘stlik jami¬yati a’zosi, f.f.n., dotsent G.Ashurova so‘zga chiqdilar. Muxokamada, mavzusi yuzasidan, tadbirda ishtirok etgan “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati a’zolari, universitet professo-o‘qituvchilari o‘z fikr va muloxazalarini bildirdilar. Davra suhbatini talabalar o‘zlarining ijodiy chiqishlari bilan yakunladilar. Shuni ham ta’kidlash joizki, Amir Temur tavalludining 682 yilligiga bag‘ishlangan“Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusidagi¬ davra suhbati, boshidan oxirigacha O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Maxalla” kanali tomonidan tasvirga olindi va shu kunning o‘zida televideniya orqali kechki ko‘rsatuvda namoish etildi. “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, t.f.d., prof. E.Z.Nuriddinov