Talablar malakaviy pedagogik amaliyotda

Talablar malakaviy pedagogik amaliyotda bo'lib qaytishdi

Fizika-Matematika fakultetining MO’M-401 guruh talabalari 2018 yilning 10 fevraldan 27 aprelgacha Alisher Navoiy nomidagi O’zbek tili va Adabiyoti Universiteti qoshidagi akademik litseyda malakaviy pedagogik amaliyotda bo’lishdi. Amaliyot davomida talabalar litsey o’quvchilari uchun bir qancha qiziqarli dars mashg’ulotlarini tashkil etishdi. Buning yorqin misoli sifatida amaliyotchi Abdurashidova Anora tomonidan o’tkazilgan ochiq dars mashg’ulotini ko’rsatish mumkin. Dars mashg’uloti “Vektorlar. Vektorlarni qo’shish, ayirish va skalyar ko’paytirish” mavzuda to’liq ingliz tilida olib borildi. Yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanib, darsda turli qiziqarli metodlar yordamida o’quvchilar orasida yaxshi raqobat muhiti yaratildi va dars maqsadiga erishildi. Dars barcha kuzatuvchilar tomonidan a’lo bahoga baholandi