5112100 - Mehnat ta’lim

5112100 – Mehnat ta’limi – umumiy о‘rta ta’lim maktablari uchun mehnat ta’limi bо‘yicha о‘qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari yig‘indisidan iborat bо‘lgan ta’lim yо‘nalishidir.

 

5112100 – Mehnat ta’limi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi 4.1 Bakalavrning kasbiy faoliyat sohasi 5112100 – Mehnat ta’limi – umumiy о‘rta ta’lim maktablari uchun mehnat ta’limi bо‘yicha о‘qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari yig‘indisidan iborat bо‘lgan ta’lim yо‘nalishidir. 4.2 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati obyektlari 1 Bakalavrning kasbiy faoliyat sohasi 5112100 – Mehnat ta’limi ta’lim yо‘nalishi bakalavrlarning kasbiy faoliyati obyektlari – umumiy о‘rta ta’lim maktablari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, о‘quvchilar, о‘quv-tarbiya jarayoni, о‘qitishning pedagogik texnologiyalari va metodlari, mehnat usullar. 4.3 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati turlari 5112100 – Mehnat ta’limi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr о‘z psixologik-pedagogik, kasbiy tayyorgarligiga muvofiq quyidagi kasbga oid faoliyat turlari: о‘qituvchilik; tarbiyachilik; о‘quv-metodik; ilmiy-tadqiqot. Bakalavr tayyorlanadigan kasbiy faoliyatning muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta’lim tizimi tomonidan aniqlanadi. 4.4 Bakalavrlar kasbiy faoliyatining vazifalari 5112100 – Mehnat ta’limi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr ta’lim dasturini о‘zlashtirish natijasida kasbiy tayyorgarlikning asosiy turlari va maxsus tayyorgarligiga mos quyidagi kasbiy vazifalarni yechishi kerak: - о‘qituvchilik: umumiy о‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi о‘qituvchisi bо‘lib ishlash; - tarbiyachilik: umumiy о‘rta ta’lim maktablaridan tashqari muassasalarda tarbiyachi bо‘lib ishlash; - о‘quv-metodik: mos ta’lim yо‘nalishlar bо‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bо‘lib ishlash; ilmiy-tadqiqot muassasalarida kichik ilmiy xodim bо‘lib ishlash va boshqalar.