5110700 Informatika o’qitish metodikasi

5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi – umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb - hunar kollejlari uchun informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari yig‘indisidan iborat bo‘lgan ta’lim yo‘nalishidir.

5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi   ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi

 

4.1 Bakalavrning kasbiy faoliyat sohasi 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi   –  umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb - hunar kollejlari uchun informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari yig‘indisidan iborat bo‘lgan ta’lim yo‘nalishidir. 4.2 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati ob’ektlari 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi bakalavrlarning kasbiy faoliyati ob’ektlari – umumta’lim maktablari, akademik litseylar,  kasb-hunar kollejlari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, o‘quvchilar, o‘quv-tarbiya jarayoni, o‘qitishning pedagogik texnologiyalari va metodlari, matematik usullar. 4.3 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati turlari 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr o‘z psixologik-pedagogik, kasbiy tayyorgarligiga muvofiq quyidagi kasbga oid faoliyat turlari:

  • o‘qituvchilik;
  • tarbiyachilik;
  • o‘quv-metodik;
  • ilmiy-tadqiqot.

Bakalavr tayyorlanadigan kasbiy faoliyatning muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta’lim tizimi tomonidan aniqlanadi. 4.4  Bakalavrlar kasbiy faoliyatining vazifalari 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi   ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr ta’lim dasturini o‘zlashtirish natijasida kasbiy tayyorgarlikning asosiy turlari va maxsus tayyorgarligiga mos quyidagi kasbiy vazifalarni yechishi kerak: - o‘qituvchilik: umumiy o‘rta ta’lim, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchisi bo‘lib ishlash; - tarbiyachilik: umumiy o‘rta ta’lim, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan tashqari muassasalarda tarbiyachi bo‘lib ishlash; - o‘quv-metodik: mos ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo‘lib ishlash; ilmiy-tadqiqot muassasalarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash va boshqalar.