Kafedralarning konstruksiyalar, buyumlar, materiallar va uskunalar bilan butlash qaydnomalarini tuzish hamda ularni universitet bo‘limlari va kafedralariga yetkazib berish navbatini belgilash borasidagi ishlarda qatnashish; materiallar hamda uskunalarga ajratilgn fondlar va limitlarni realizatsiya qilish; sotuvchi va ta’minlovchi tashkilotlar bilan, shuningdek bevosita yetkazib beruvchi korxonalar bilan tegishli shartnomalar tuzish.
O‘qitishni texnika vositalari bilan ta’minlash bo‘limi (bundan keyingi o‘rinlarda – bo‘lim deb yuritiladi) Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining mustaqil tarkibiy qismi hisoblanib, bevosita universitet moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektorga bo‘ysunadi.
Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom, universitet Ustavi hamda mehnat qonunchiligi bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlarga, universitet rektori buyruqlari va ko‘rsatmalariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.

Universitetning tegishli bo‘limlari bilan birgalikda belgilangan o‘quv va ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun universitetga zarur bo‘lgan konstruksiyalar, detallar, buyumlar, materiallar hamda uskunalarga ehtiyojning hisob-kitoblari va buyurtmalarini tuzishga oid ishlarni tashkil etish; buyurtmalarni yuqori tashkilotlarga taqdim qilish va himoya etish.