O‘quv-me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish bo‘limi to‘g‘risida
“O‘quv-me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish bo‘limi” Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2018-yil 25-oktyabrdagi 3.7-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan 2018 yil 19 noyabrda kelishilgan universitet tuzilmasi, universitet rektorining 2018-yil 20-noyabrdagi 932-U-son buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tasarrufida faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda Pedagogika ta’lim sohasi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining kunduzgi, sirtqi (maxsus sirtqi), kechki (smenali), masofaviy ta’lim shakllari uchun turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda kadrlar buyurtmachilarini takliflari asosida o‘quv-me’yoriy hujjatlar ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi.
Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida yoki filiallarda pedagogik kadrlar tayyorlash o‘quv-me’yoriy hujjatlarini muvofiqlashtiradi.
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yaratilgan o‘quv adabiyotlarini eksprtizadan o‘tkazish va tegishli xulosalar berishni tashkil etadi.
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining amaldagi o‘quv rejalariga kiritilgan fanlar bo‘yicha universitet axborot resurs markazida mavjud o‘quv adabiyotlarining monitoringini olib boradi.
Nazariya va amaliyot uyg‘unligini yangi darajaga olib chiqishda ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, kadrlar iste’molchilari talab va takliflarini inobatga olgan holda o‘quv-me’yoriy hujjatlarni takomillashtiradi.
Xalqaro sifatni belgilovchi dasturlar asosida uzluksiz ta’lim tizimi malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirishda universitet jamoasi ishtirokini ta’minlaydi.
Universitet huzuridagi birlashmalar faoliyatini tashkillashtirish;
Yuqori salohiyatga, moddiy–texnik bazaga, namunaviy ta’lim–tarbiya jarayonini joriy etish imkoniyatiga ega bo‘lgan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikda kadrlarga qo‘yiladigan talab va takliflarni inobatga olgan holda o‘quv-me’yoriy hujjatlarni takomillashtirishni tashkil qiladi.