Ushbu sahifada 2019-2020 o`quv yili qabul jarayonlari bilan bo`g`liq savollarga javob olishingiz mumkin.
1. Ro‘yxatdan o‘tish uchun qanday hujjatlar so`raladi?
1. Pasportning asli (agar bo`lmasa 09-forma yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma);
2. Diplom yoki shahodatnoma (ilovasi bilan) asli;
3. Agar imtiyozi bo‘lsa, uni tasdiqlovchi hujjat.
2. Topshirgan OTM va yo`nalishimni on line holatida o`zgartira olamanmi?
DTM dasturida hozircha unday imkoniyat mavjud emas. Tanlangan 1-OTM mas’ul operatoriga murojaat qilinadi.
3. Abituriyent o’zi tanlagan OTM yo`nalishlariga hujjatlar tushumini on line holda ko`ra oladimi?
DTM saytida bunday imkoniyat mavjud.
4. Tanlangan yo`nalish fanlari bir xil ketma-ketlikda bo`lishi shartmi?
Tanlangan yo`nalish fanlari aynan bir xil ketma-ketlikda bo`lishi kerak (PQ-4319).
5. Kimlar hujjat topshirishda to`lovdan ozod qilingan?
· 2019 yil bitiruvchilari;
· I va II guruh nogironlari;
· Davlat ta’minotidagi chin yetimlar;
· Chet el fuqarolari;
· Barcha fanlardan kasbiy-ijodiy imtihon topshiruvchilar;
· Imtiyoz asosida imtihonsiz talabalikka qabul qilinuvchilar;
6. Kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga bir o`quv yilida hujjat topshira olamanmi?
Faqatgina bitta ta’lim shakliga hujjat topshirish mumkin (PQ-4319).
7. Abituriyent test sinovlariga qatnashish kuni va vaqtini qanday bilib oladi?
DTM ruxsatnomasidan yoki http://testday.dtm.uz/ sahifasidan.
8. Nogironlarga qanday imtiyozlar bor?
I va II guruh nogironlariga qabul kvotasiga qoʻshimcha 2 foizli grant asosida kunduzgi, sirtqi yoki kechki taʼlim shakllaridan birida taʼlim olish huquqi berilgan.
9. Harbiy qism tavsiyanomasiga ega abituriyentlar uchun 2019/2020 o`quv yili qabulida qanday imtiyozlar mavjud?
2019/2020-o‘quv yilida O‘zbekiston qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar uchun bakalavriatga alohida besh foizli qabul kvotasi ajratilgan.
10. Tanlagan 3 ta OTM larim 3 ta viloyatda joylashgan. Shu viloyatlarni ixtiyoriy birortasida test sinovlarini topshirsam bo`ladimi?
Qabul komissiyasiga hujjatlaringizni qayd qilish jarayonida topshiriladigan viloyatni ham tanlashingiz mumkin.