Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 1935-yildan boshlab maktabgacha ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlana boshlangan.
1979 yilda “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi “Pedagogika va psixologiya” fakulteti tarkibidan ajralib chiqib, mustaqil fakultet sifatida shakllangan. Fakultet dekani sifatida dotsent G.Sh.Abdullaeva tayinlangan. Shu davrdan boshlab, fakultetda «Maktabgacha pedagogika» va «Maktabgacha tarbiya metodikasi» kafedralari faoliyat boshlagan.
«Maktabgacha pedagogika» kafedrasida1954-1960 yillarda dotsent - A.V.Nikolskaya, 1960-1969 yillarda dotsent – A.S.Makarevich, 1969-1980 yillarda dotsent – K.I.Ismailova, 1980-1985 yilgacha dotsent S.I.Xusanxodjaeva, 1985-1996 yillarda dotsent P.A.Yusupova, dotsent J.J.Boqievalarkafedra mudiri sifatida faoliyat yuritgan.
«Maktabgacha tarbiya metodikasi» kafedrasida dotsent E.M.Razbaeva- 1979-1991 yillar, dotsent S.A.Gazieva - 1991-1994 yillar, 1994-1998 yillarda dotsent R.M.Qodirovalar kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
1979-1999 yillarda fakultetda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlangan:
1. XTB lar uchun metodist-nazoratchi
2. Pedagogika bilim yurtlari uchun maxsus fanlar bo‘yicha o‘qituvchi
3. Maktabgacha tarbiya muassasasining metodisti
4. Maktabgacha tarbiya muassasasining tarbiyachisi
1998-1999 yillarda «Maktabgacha tarbiya», «Defektologiya», «Boshlang‘ich ta’lim metodikasi» fakultetlarini birlashtirish asosida fakultet «Pedagogika va defektologiya» deb nomlangan. Shu yildan, «Maktabgacha pedagogika» va «Maktabgacha tarbiya metodikasi» kafedralari ham birlashtirilib, «Maktabgacha tarbiya pedagogikasi va metodikasi» deb nomlangan.1999-2002 o‘quv yillarida p.f.n. dotsent S. Bichurina kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
2002 yildan kafedraning nomi «Maktabgacha va oilaviy ta’lim» sifatida o‘zgartirildi va professor O.U.Hasanboeva kafedra mudiri etib tayinlangan. Professor O.U.Xasanboeva kafedra mudirligi davrida kafedrada ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-metodik ishlar yanada rivojlangan.
Shu bilan birga, o‘tgan yillar davomida kafedrada prof.F.R.Qodirova, dos. Sh.K.Tashpulatova, dos.M.Sh.Nurmatova, dos. X.J.Djabbarova, dos. M.M.Pirmuhamedova, dos. Sh.M.Egamnazarova, prof. N.M.Egamberdieva, dos. N.Sh.Nurmuxamedova, prof. N.Saidaxmedov, dos. D.Xoliqov, dos. U.Alimova, dos. L.A. Kulay,dos. R.Akbarova, dos. S.Dadasheva kabi sohaning tajribali mutaxassislari faoliyat olib borgan.
So‘nggi yillarda respublikamizda maktabgacha ta’limning samarali tizimini rivojlantirish, maktabgacha ta’lim sohasida malakali kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga javoban, Toshkent davlat pedagogika universiteti rektorining 2019 yil
22 iyul “Universitetning o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan tarkibiy tuzilmasini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi 813-U-son buyrug‘iga asosan 2019-2020 o‘quv yilida “Maktabgacha ta’lim” fakulteti mustaqil fakultet sifatida qayta tashkil etildi.
Fakultet dekani: pedagogika fanlari doktori Mirsolieva Muhabbat To‘xtasinovna
Hozirgi kunda fakultetda:
5111800 - “Maktabgacha ta’lim metodikasi”
5111100 - “Musiqiy ta’lim”
5112700 - “Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari;
5A111800 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Fakultet tarkibida uchta kafedra mavjud:
- “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi – kafedra mudiri pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Djanpeisova Gauxar Erkinovna;
- “Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi” kafedrasi - pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ibragimova Gulsanam Ne’matovna;
- “Musiqa ta’limi” kafedrasi - san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Panjiev Qurbonniyoz Berdievich.
Hozirgi kunda fakultetda jami 50 ga yaqin nafar professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar faoliyat yuritadi.