Boshlang'ich ta'limda matematika va uni o'qitish metodikasi kafedrasi

      Boshlang’ich ta’limda matematika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi Boshlang’ich ta’lim fanlari kafedrasi tarkibidan ajralib mustaqil kafedra sifatida 2022 yil fevral oyidan p.f.n.prof.v.b. X.R.Sanakulov mudirligida faoliyat ko’rsata boshladi.

Kafedra 1959 yilda «Boshlang’ich sinf pedagogikasi» kafedrasidan «Boshlang’ich ta’lim metodikasi» kafedrasi nomi bilan ajralib chiqgan. Unga dastlab dotsent M.U.Umarov, keyinroq dotsent A. G. Azizova rahbarlik qilgan. 1967 yildan  1990 yilgacha  professor K.K.Qosimova boshqargan.1990 – 1996 yillari  pedagogika fanlari nomzodi professor Tadjiyeva Zumrad G’iyosovna boshqargan. 1996 -2022 yillari  pedagogika fanlari doktori professor Mavlonova Raxima Abdurazakovna  boshqargan. 2002 yildan 2011 yilgacha kafedra “Gumanitar fakultetlarda matematika” deb nomlanib, 2002 – 2006 yillari  kafedra mudiri sifatida pedagogika fanlari nomzodi professor Tadjiyeva Zumrad G’iyosovna boshqardi.

            2006 -2008 yillari  “Gumanitar fakultetlarda matematika” kafedra mudiri sifatida pedagogika fanlari nomzodi  dotsent Jumayev Mamanazar Irgashevich boshqargan. 2008 -2014 yillari  “Gumanitar fakultetlarda matematika” kafedra mudiri sifatida pedagogika fanlari  doktori  professor Abdullayeva Barno Sayfutdinovna boshqargan.

           2014 - 2016  yillari  “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” nomi bilan yuritilgan bunda kafedra mudiri sifatida pedagogika fanlari  nomzodi  dotsent  Sadikova Albina  Venerovna rahbarlik qilgan. 2016 - 2017  yillari  “Boshlang’ich ta’lim metodikasi”  kafedra mudiri sifatida pedagogika fanlari nomzodi dotsent  Muxitdinova Nodira Mamalatipovna boshqargan. 2017- 2021  yillari    “Boshlang’ich ta’lim metodikasi”  kafedra mudiri sifatida pedagogika fanlari doktori professor  Xalikov Agzam Abdusalomovich boshqaradi. 2022 yili fevral oyidan  “Boshlang’ich ta’lim fanlari”   kafedrasidan, “Boshlang’ich ta’limda matematika va uni o’qitish metodikasi”   nomi bilan ajralib chadi. Shu davrdan boshlab kafedra mudiri sifatida pedagogika fanlari nomzodi professor vazifasini bajaruvchi Sanakulov Xamrakul Rizakulovich boshqarib kelmoqda. Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan 2 ta yo’nalishda, 5111700 -boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi  va 60110500 boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi, Matematika, Matematika va uni o’qitish metodikasi fanlari shuningdek, 5A5111701- boshlang’ich ta’lim magistratura mutaxassisligi bo’yicha Boshlang’ich ta’lim fanlar nazariyasi, Mutaxassilik fanlarini o’qitish metodikasi, Pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlar, Xalqaro baholash dasturlari, Bolalarda iqtisodiy bilim berish asoslari fanlari o’qitiladi.

Kafedrada  1 ta prof, 10 ta dotsent,  2 ta  PJD , 2 ta  katta o’qituchi, 7 o’qituvchi faoliyat yuritadi. Kafedra professor-oqituvchilari tomonida 60 ta darslik, 75 ta o’quv qullanma, 12 ta monografiya, 500 dan ortiq Xorij va Respublika jurnallarida ilmiy –metodik maqolalar nashr qilingan.