Xalqaro tajriba asosida kun tartibi

Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti xalqaro aloqalar bo'yicha rahbariyati va xorijiy tillar fakulteti professor o'qituvchilari va Janubiy Koreya respublikasining Dankuk va Chonnam universiteti, AQShning Oklaxoma fan va san'at universiteti, Avstraliyaning Makkuri universiteti o'rtasida video muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda Universitet xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori N. Raxmanqulova, “Sharq tillari” kafedrasi rahbari L. Pan, professor Liu Yu Ming, Dankuk universiteti Xalqaro Hamkorlik fakultetining rahbari, Chonnam universiteti Xalqaro Hamkorlik kafedrasi rahbari Ryu Ji Xyun, AQShning Oklaxoma fan va san'at universiteti, Avstraliyaning Makkuri universiteti vakillari bilan suhbatlashdi. Muloqotda Toshkent Davlat pedagogika universitetida ayni shu kunda olib borilaotgan islohotlar, kutilayotgan natijalar, amaliyotga joriy etilgan kadrlarni tayyorlash tartibi hamda tizim muammolari va ularga javob topishda xalqaro tajribasini qo'llash, tajribali professor-o'qituvchilar bilan almashish, malaka oshirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida professor- o'qituvchilarining ushbu universitetlarini tajribasida malakasini hisobga olgan holda "Uzluksiz kasbiy ta’lim elektron platformasi"ni o'qishlar uchun qo'llashni yaxshilashga kelishildi.