“O‘zbekiston Barkamollik uchun ta’lim dasturi” Xalqaro ona tili kuni

USAIDning “O‘zbekiston Barkamollik uchun ta’lim dasturi” Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan Ona tili va o‘qish savodxonligi fanidan yangi darslik va o‘qituvchi qo'llanmalarni tanishtirdi. USAID Boshlang‘ich sinflarda o‘qish samaradorligini oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 2022-yil 21-fevral kuni USAID ning “O‘zbekiston Barkamollik uchun ta’lim dasturi” mutaxassislari “1-4 sinflarda Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda yangi yondashuvlar” mavzusidagi seminarda taqdimot bilan ishtirok etishdi. Seminar Respublikamizda boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini tayyorlaydigan tayanch pedagogik oliy taʼlim muassasasi hisoblangan, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan tashkil etildi. Mazkur seminarda universitetning professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va talabalar ishtirok etib, yangi o‘quv-metodik majmualar yuzasidan fikr almashdilar.