Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida

Taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qoʻyayotgan Oʻzbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi koʻrinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavfli.

 Shu boisdan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oʻz vakolatiga kirishishi bilan Prezident sifatida imzo chekkan eng birinchi hujjat “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni boʻldi.Dastur doirasida bir qator qonun loyihalari ishlab chiqildi, mavjudlari inventarizatsiyadan oʻtkazildi. Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmon ham ayni shu maqsadni koʻzlagani bilan ahamiyatli hisoblanadi. Korrupsiya shunday illatki, uni bir yoki ikki idoraning saʼy-harakati bilan yoʻq qilib boʻlmaydi. Qachonki, barcha fuqarolarimiz, jamiyat unga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizlarini yoʻq qilishga kirishilsagina ijobiy natijaga erishish mumkin.