Ma`naviy-ma`rifiy, tarbiyaviy faoliyat

Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishi bayonnomalar, hisobotlar asosida mavjud. Shuningdek, kafedraga biriktirilgan barcha akadem guruhlari murabbiylarining o’quv yili uchun ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy ishlar rejasi ishlab chiqilgan. Ish rejasi asosida o’quv yili davomida jamoada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, talabalar o’rtasida axloq-odob qoidalariga amal qilish, ularda pedagogik kasb madaniyatini shakllantirish, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan talaba-yoshlarni tarbiyalash, salomatliklarini muhofaza qilish, ommaviy sportga jalb qilish, iqtidor va iste’dodlarini qo’llab-quvvatlashga asosiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy sohaga doir O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlar, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlik hay’ati qarorlari, buyruqlari va modemnomalarida berilgan vazifalar ijrosi kafedra miqyosida va akadem guruhlarda ta’minlanmoqda. Jumladan: 1) Kafedra professor-o’qituvchilari va murabbiylar tomonidan akadem guruhlar va 5-TTJda belgilangan reja asosida “Odam savdosi va unga qarshi kurash”, “Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish”, “Giyohvandlikning kelib chiqishi va uning salbiy oqibatlari”, “Diniy ekstrimizim va terrorizm, uni zararli oqibatlarini oldini olish hamda giyoxvandlikka qarshi kurash”, “OITSga qarshi kurash” mavzularida suhbat hamda uchrashuv kechalari tashkil etish va o’tkazish muntazam yo’lga qo’yilgan; 2) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi PQ-451-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim jarayonini tarbiya jarayoni bilan uzviylikda olib borish, ma’naviy- ahloqiy tarbiyani ma’rifiy ishlar asosida mustahkamlash, olib boriladigan ishlarni milliy, umumbashariy va zamonaviy qadriyatlarga asoslangan holda samarali tashkil etish kabi vazifalar amalga oshirilmoqda; Kafedrada talabalar bo'sh vaqtini samarali tashkil etish boyicha ham bir qator ishlarolib borilmoqda. Kafedra qoshida to'garaklar tashkil etilgan: 1. “Oliy Algebra kursi” to'garagi To’garakning maqsadi: Oliy algebra, chiziqli algebra va sonlar nazariyasi fanlarining turli bo’limlariga doir muhim teoremalarning tadbiqlarini o’rganish. To’garak rahbarlari: p.f.n., dots.v.b. G.Muxamedova, F.Muxamadiyev. Kotiba: M.Toxirova O’tkaziladigan vaqti va auditoriyasi: Har oy toq haftalarining juma kunlari, soat 14-30 – 15-30, 4-12-xona To’garak a’zolari haqida ma’lumot № F.I.SH Guruxi 1. Abdurashidova Anora MO’M 301 2. Toxirova Malika MO’M 301 3. Xolboyeva Setora MO’M 301 4. Ruhiddinova Yulduz MO’M 301 5. Yoriqulova Nigora MO’M 201 6. Nuritdinova Nargiza MO’M 201 7. Badrutdinova Rezida MO’M 202 R 8. Xaldibekova Diyora MO’M 202 R 9. Ahadova Qizlarxon MO’M 201 10. Asilov Otabek MO’M 202 R 2. “Ehtimollar nazariyasining ba’zi masalalari” to'garagi To’garakning maqsadi: Ehtimollar nazariyasi faniga oid tarixiy va qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirish, ehtimollar nazariyasi faniga oid noanaviy masalalarini yechishni talabalarga o’rgatish. Ilmiy to’garak rahbari: dots. N.Parpiyeva O’tkaziladigan vaqti Har oyning 2,4-payshanbasi, soat 15-20 dan 16-40 gacha 3 14-xona 3.“ Topologiyaga kirish” to'garagi To’garakning maqsadi: geometriyaning topologiya bo’limlaridan masalalar yechishni o’ziga xos tomonlarini o’rganish. To’garak rahbarlari: dotsent Jo’rayev T. F. va Z.Tursunova O’tkaziladigan vaqti va auditoriyasi: Har oyning 2 - 4 chi juma kunlari, soat 14-00 – 15-00 , 4 -12 -xona To'garak a'zolari kichik ilmiy islanishlar olib bormoqdalar. Ular turli konferensiyalarda faol qatnashib kelmoqda 2017 yil 6-may kuni Umumiy matematika kafedrasida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Bir piyola choy ustida” tadbiri bo’lib o’tdi. Kafedrada ilgari ishlagan professor o’qituvchilar bilan talabalar uchrashuvi tashkil etildi. O.Musurmonov, O’.Toshmetov, M.Xushvaktovlar o’z faoliyati, ijodi, qiziqarli hayot laxzalaridan yig’ilganlarga so’zlab berdilar. Yoshlar o’z kelajagini yaxshilash haqida kerakli ma’lumotlarni oldilar. 13-may kuni “Zamonaviy topologiya muammolariva uning tatbiqlari” mavzusidagi konferentsiya ishtirokchilaridan MGU profesori Yu.V.Sadovnichiy hamda 2 kurs talabalari bilan birgalikda uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda olimlar o’zlarining hayoti va ijodi, fan rivojiga qo’shgan xissalari haqida gapirib berdilar. Savol-javobga boy uchrashuv yoshlarni fanga, kasbiga bo’lgan sadoqatini mustaxkamlashda xizmat qiladi. 17- may kuni “Matematika o’qitish metodikasi” fani bo’yicha tashkil etilgan respublika olimpiadasi ishtirokchilari rahbarlari hamda “Umumiy matematika” kafedrasi professor o’qituvchilari R.Turgunbayev, R.Madraximov, R.Koshnazarovlar hamkorligida 2-kurs talabalari birgalikda davra suhbati tashkil etishdi. Turdosh oliy ta’lim muassasalaridagi sharoitlar haqida, iqtidorli talabalarni aniqlash va ular bilan ishlash haqida ma’lumotlar berishdi. Yoshlar olgan ma’lumotlar talabalarni yanada ilm fanga, shijoatga, faol hayot kechirishga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi.