Ismatullaev Farhod Odiljonovich (23.09.1980) Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakultetida 1997-2001 yillarda ta’lim olib, imtiyozli tamomlagan. 2001-2003 yillarda magistratura bosqichida, 2000-2003 yillarda kunduzgi bo‘lim aspiranturasida tahsil olib, 2011 yilda “O‘zbekiston Respublikasini Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi o‘rnatilishi va rivojlanishi” (1991-2005 yillar) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Kafedrada 2008 yildan buyon mehnat qiladi. 2010-2011 yillarda Tarix fakulteti dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha muovini lavozimida mehnat qilgan. 2016 yildan buyon kafedra dotsent v/b lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
“Jahon tarixi”, “Eng yangi tarixning dolzarb masalalari” fanlaridan bakalavriatura va magistratura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi.
Kafedrada o‘quv jarayonini tashkil qilish, bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari uchun bir necha bor DTSlari, malaka talablari, fan dasturlarini yaratishda, ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarning o‘quv rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etgan.
Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida “Ilk o‘rta asrlarda o‘zbek davlatchiligi tarixi” (2010), “Jahon tarixi” (qadimgi davri) I – kitob” (2012), “Tarix fanidan mavzuli testlar to‘plami (Abiturentlar, o‘rta maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, fan olimpiadalari ishtirokchilari va o‘qituvchilar uchun)” (2012), “Jahon tarixi (Qadimgi va o‘rta asrlar tarixi)” (2013), “Jahon tarixi (qadimgi davri) II - kitob” (2014), ““Jahon tarixi” (Osiyo va Afrika mamlakatlarining eng yangi tarixi)” (2015), ““Tarix” kafedrasi (1935-2015) kafedraning 80 yilligiga bag‘ishlangan to‘plam”(2015), “Jahon sivilizatsiyalari tarixi” (2016), “O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan madaniy sohadagi aloqalarining rivojlanishi” (2016), “O‘zbekistondagi iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarda horijiy mamlakatlarning o‘rni” (2016), “Evropa Ittifoqi: taraqqiyotning o‘ziga xos yo‘li” (2015), “Ma’ruza mashg‘ulotlarida tarixiy voqealarni qiyoslash usulidan foydalanish” (2017), “Oliy ta’lim sohasidagi islohotlarda xalqaro loyihalarni o‘rni” (2017), “Tarix sohasidagi xalqaro ilmiy aloqalar tarixidan” (2016), kabi 120 ga yaqin ilmiy, o‘quv va uslubiy ishlarga mualliflik va ham mualiflik qilgan.