Men, Raxmonova Nilufar Zakirjonovna, 1990 yilda 11 sentyabr Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tug`ilganman. 2005 yilda umumta'lim maktabini tamomlagach Y. Oxunboboev nomli tibbiyot kolledji “Xamshiralik ishi” bo`limiga o`qishga kirdim. 2008-2012 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Defektologiya” fakultetida taxsil oldim. 2012-2014 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Magistratura bo`limiga Surdopedagogika mutaxassisligida tahsil oldim. 2015 yilda men o`z mehnat faoliyatimni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Korrektsion pedagogika” kafedrasida o`qituvchi lavozimida boshladim. O`qituvchi faoliyatim davomida 20dan ortiq rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar ta'lim muammolari bo`yicha ilmiy maqola va tezislar, 2017 yilda “Tiflopsixologiya” nomli rus tilida xammualiflikda darslik nashr qilindi. Hozirgi kunda Defektologiya yo`nalishi talabalariga maxsus psixologiya, maxsus pedagogika fanlaridan rus, o`zbek va ingliz tillarida dars o`taman.