Gulomova Nozima Xotamovna 1976 yil 6 iyulda Toshkent shahrida, ziyolilar oilasida tavallud topgan. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kirib, uni 1998 yili “Chizmachilik, tasviriy san’at va sharq hunarmandchiligi” mutaxassisligini muvaffaqiyatli tugatdi. O‘qishdan so‘ng o‘z mehnat faoliyatini shu dargohda oldiniga laborantlik, universitetning “O‘quv bo‘limi”da metodist, 2001 yildan “Chizmachilik va uni o‘qitish metodikasi” (hozirgi kunda: muhandislik kompyuter grafikasi) kafedrasida o‘qituvchi, keyin katta o‘qituvchi, 2016 yildan boshlab dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirgi kunda“Chizmachilik darslarida Auto CAD grafik dasturidan foydalanish metodikalarini takomillashtirish” (kasb-hunar kollejlari misolida) mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Tadqiqot ishlari yuzasidan qariyib 60 dan ziyod ilmiy, ilmiy-metodik maqolalar e’lon qilgan. Shu jumladan ilmiy –nazariy, va ilmiy meodik konferentsialar va seminarlarda ma’ruzalar qildi. Ulardan 9 tasi xalqaro ilmiy va metodik jurnallarda maqola sifatida chop etildi.
N.Gulomova o‘zining pedagogik faoliyati davomida to‘plagan tajribalariga asoslanib, 22 ta o'quv uslubiy va 2 ta o‘quv qo‘llanma yakka, 2ta o'quv qo'llanma hammualiflikda hamda 1 ta darslik, 2 ta elektron darslik chop ettirdi.
Eng taxsinga loyiq ishlaridan biri 2016 yil u tayyorlagan talabasi “Muhandislik kompyuter grafikasi” fanidan Respublika fan olimpiadasida ishtirok etib g‘olib boldi (Bekqulov Qudrat Shaydullayevich, 1-o‘rin).
N.Gulomova 2015yil oliy ta’lim muassasining eng yaxshi pedagogi tanlovining universitet bosqichida muhandislik sohasida “Mutaxassisligi bo'yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasida 1-o‘rinni egallagan.
N.Gulomova 2016yil universitet bosqichida pedagogika ta’lim sohasi bo'yicha “Eng yaxshi pedagog –tadqiqotchi” nominatsiyasida faol ishtirok etib faxrli o‘rinni egallagan.
2004 -2006 yillarda fakultetning “Xotin-qizlar” qo‘mitasi raisi, 2013yilda Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi “Orasta qizlar” to‘garagi rahbari,“Qizlar davrasi” ko'rik-tanloviga hakam raisi bo'lib ishtirok etgan. Uning rahbarligida “Tillaqosh” loyihasida qatnashgan 2 nafar talabasi (2015 va 2016 yillar) 1-o‘rinni egallashgan.
N.Gulomova 2018yil oliy ta’lim muassasining eng yaxshi pedagogi tanlovining universitet bosqichida muhandislik sohasida “Eng yaxshi pedagog- tadqiqotchi” nominatsiyasida 2-o‘rinni egallagan.
N.Gulomova 2015 yilidan 2020 yilgacha “Professional ta’lim” fakultetining ilmiy kotibasi sifatida ham faoliyat yuritib kelgan.
Nozima Gulomova ma’rifatparvar, 3 nafar farzandning mehribon onasi.