1979-yil 19-iyulda Samarqand viloyati, Nurobod tumanida tug'ilgan. 1996-2000-yillarda O'zbekiston Milliy universitetining Politologiya yo'nalishida bakalavr bosqichida, 2000-2002-yilda magistratura bosqichida tahsil olgan. 2008-yildan bo'yon TDPU "O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" kafedrasida o'qituvchi, katta o'qituvchi, 2017-yildan dotsent lavozimlarida ishlab kelmoqda. 2015-yilda Oliy ta'lim muassasasi eng yaxshi pedagogi tanlavida ishtirok etib "Sotsiologiya va psixologiya" ta'lim yo'nalishi bo'yich "Eng yaxshi pedagog tadqiqotchi" nominatsiyasida Respublika g'olibi bo'ldi. N.Qolqanov 1 ta o'quv qo'llanma, 6 ta metodiq qullanma, 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar chop ettirgan.
Ijtimoiy-siyosiy institutlar va jarayonlar tarixi ixtisosligi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi OAK dotsent ilmiy unvoniga ega.
2018-yilda "Zamonaviy sharoitda siyosiy yetakchi imijining shakllanish jarayoni" mavzusida siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.