Maxkamova Saodat Baxtiyarovna 5 iyun 1981 yil Toshkentda ziyoliylar oilasida tug’ilgan. Millati o’zbek, oliy ma’lumotli.
2003 yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti “Badiiy grafika” fakul’tetining bakalavr yo’nalishini imtiyozli diplom bilan tugatgan.
2005 yil 24 iyunda magistrlik dissertatsiyasini ximoya qildi.
2005 yildan shu kunga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining “Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi.2017 yildan shu kunga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining “Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiya hamda tasviriy san’at va nusha ko‘chirish fanlaridan mashg‘ulotlar olib boradi. 5 ta uslubiy qo‘llanma, chet el, respublika jurnallari va konferensiyalarda 50 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.
2015 yildan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining “Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi” kafedrasida “Maxsus san’at maktablarida tasviriy san’at darslarini o’qitish nazariyasi va metodikasi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ish olib bormoqda. Ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan 10 dan ortiq ilmiy maqolalar, 3 ta metodik qo'llanma va turli chet el va respublika ilmiy amaliy konferensiyalarida ma'ruzalari bilan qatnashib kelmoqda
Kafedrada ilmiy ishlar bo'yicha ma'sul, "Istedod" nomli tasviriy san'at to'garagi rahbari. Shuningdek turli ko'rgazmalarda o'zining va shogirdlari ijodiy ishlari bilan qatnashib sovrinli o'rinlarni egallab kelmoqda. 2018 yil "Tasviriy san'at o'qitish metodikasi" respublika fan olimpiadasida uning shogirdi Xoshimova Umida 1 o'rinni egalladi.Ustoz shogird tizimida Soipova Arofat,Ulug'ekova Umidalar xalqaro va respublika ko'rik tanlovlar va ko'rgazmalarda faol ishtirok etib diplom va kumush medal sohibi bo'ldilar